“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2015” ko‘rik-tanlovi boshlandi

tanlov-2015tanlov

 

Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 5 martdagi 60-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2015” ko‘rik-tanlovi boshlandi.

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2015 yilning 1 aprelidan 10 apreliga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tishi lozim.

Ko‘rik-tanlov quyidagi 4 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

1-nominatsiya – «Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti»;

umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining veb-saytlari o‘rtasida;

2-nominatsiya – «Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti»;

umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘qituvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;

3-nominatsiya – «Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti»;

umumiy o‘rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;

4-nominatsiya – «Хalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti»;

Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari o‘rtasida.

Источник: http://tanlov.uzedu.uz/

Woqi’wshi’larimi’z Pa’n olimpiyadasi’ jeni’mpazlari’

23-24 mart ku’nleri No’kis qalasi’ 3-sanli uliwma bilim beriw mektebinde III- basqi’sh Pa’n olimpiadasi’ boli’p wo’tti. Mektebimizden Qaraqalpaq tili ha’m a’debiyati pa’ni mug’allimi Abdijabbarova Hurlixannin’ 9a klass woqi’wshi’si’ Nazirbaeva Aynura  II-worindi , ingilis tili pa’ni mug’allimi Allambergenova Gulsanemnin’ 9v klass woqiwshi’si’ Shagi’mbaeva Nilufar   II-wori’ndi iyelep wo’z bag’dari’ boyi’nsha worta arnawli’ bilimlendiriw ma’kemelerine imtixansi’z woqi’wg’a kiriw imkaniyatina iye boldi.